06:00 / 19.08.2018
3 324

APL. “Chelsi” - “Arsenal” o‘yinida 5 ta gol urildi

APL. “Chelsi” - “Arsenal” o‘yinida 5 ta gol urildi
Angliya Premyer-Ligasi 2-turida muxlislar London derbisining guvohi bo‘lishdi - “Stemford Brij”da “Chelsi” va “Arsenal” klublari bellashdi.

O‘yinning debyuti “Chelsi” foydasiga hal bo‘ldi. 9 va 20 daqiqalarda Pedro va Morata gollari hisobiga “ko‘klar” 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Biroq, “Arsenal” iroda namoyish qilib, bo‘lim oxirida zo‘r o‘tkazdi va hisobni tenlashtirdi. Mxitaryan va Ivobi gollaridan so‘ng, tabloga 2:2 hisobi yozildi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tgan bo‘lsa-da, “Chelsi” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Markos Alonso jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.

Bu natijadan so‘ng, “Chelsi” 6 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi, “Arsenal” esa birorta ochkoga ega bo‘lmasdan, 17-o‘rinda bormoqda.

APL, 2-tur
18 avgust, “Stemford Brij” stadioni

Chelsi – Arsenal 3:2

Gollar:
1:0 – 9 Pedro, 2:0 – 20 Morata, 2:1 – 37 Mxitaryan, 2:2 – 41 Ivobi, 3:2 – 81 Alonso.

Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 60), Jorjino, Villian (Azar, 61), Kante, Pedro, Morata (Jiru, 75).
Arsenal – Chex, Papastatopulos, Monreal, Belyerin, Mustafi, Gunduzi, Chaka (Torreyra, 46), O‘zil (Remzi, 68), Mxitaryan, Ivobi (Lyakazett, 75), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Chaka (27), Mustafi (77).


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Chelsi” - “Arsenal” o‘yinida 5 ta gol urildi