11:28 / 20.08.2018
2 971

Xosep Gvardiola: “Bunday Agueroni hech qachon ko‘rmaganman”

Хосеп Гвардиола: "Бундай Агуэрони ҳеч қачон кўрмаганман"
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bundan biroz avval yakuniga yetgan “Xaddersfild”ga (6:1) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan hujumchi Serxio Aguero haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Manchester Siti”ni boshqarib kelayotganimdan buyon bunday formadagi Agueroni ko‘rmaganman. U ta’tildan ajoyib holatda qaytdi.

Aguero to‘p bilan va to‘psiz ham ajoyib harakat qila oladi. Undagi gol urish qobiliyati esa tug‘ma. Men uni zaxiraga olish haqida o‘ylagandim, ammo u mukammal o‘yin namoyish etdi”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, bugungi xet-trik argentinalik forvard uchun APLdagi to‘qqizinchisi bo‘ldi. U bu borada faqatgina afsonaviy Alaln Shirerdan ortda qolmoqda.




Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiola: “Bunday Agueroni hech qachon ko‘rmaganman”