O‘zbekiston erkin kurash terma jamoasining 125 kg vazn toifasidagi vakili Davit Modzmanashvili Osiyo o‘yinlarining bronza medali sovrindoriga aylandi.
Musobaqa davomida Indoneziya, Mo‘g‘uliston vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, final ostonasida mag‘lub bo‘lgan Davit Modzmanashvili bronza uchun hindistonlik Sumit Sumitga qarshi gilamga chiqdi va 2:0 hisobida (1:0, 1:0) g‘alaba qozonib, O‘zbekiston hisobiga yana bitta medal qo‘shib qo‘ydi.
125 kg vazn toifasida oltin medal uchun bahs yarim finalda Davit Modzmanashvilini mag‘lub etgan eronlik Parviz Hadizoda va finalga Sumit Sumitni yengib chiqqan xitoylik Deng Zivey o‘rtasida kechdi. Bu bahsda Eron vakili raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda (7:0) oltin medalni o‘ziniki qildi.
Ayollar kurashida 50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Dauletbike Yaxshimuratova ham bronza uchun kurashdi. Ammo u medal uchun bahsda janubiy koreyalik Kim Hyungjuga yutqazdi - 0:6.
Endilikda, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 7taga yetgan - 1 oltin, 2 kumush va 4 bronza. Endi O‘zbekiston umumiy reytingda Qozog‘istonni quvib o‘tib 10-pog‘onada joylashdi.
Eslatib o‘tamiz, kun boshida vakillarimiz umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallab turishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»