12:28 / 21.08.2018
3 510

Pep Gvardiola: "Mourino haq. Darajani sotib olib bo'lmaydi"

Пеп Гвардиола: "Моуриньо ҳақ. Даражани сотиб олиб бўлмайди"
«Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Manchester Yunayted» ustozi Joze Mourinoning so'zlariga fikr bildirib o'tdi.

Portugaliyalik mutaxassis «Man Siti» haqidagi filmga shu tarzda izoh bergan edi: «Boy klub bo'lib dunyoning kuchli futbolchilarini sotib olish mumkin, lekin darajani sotib olib bo'lmaydi».

«Mourino haq. Daraja, mavqe – bu sotib olib bo'lmaydigan narsalar. Biz hurmatsizlik qildik deya olmayman. Biz aniq bu ishni amalga oshirmoqchi emas edik. Hamma joyda kameralar bor ajoyib mavsum o'tdi, biroq biz buni o'zimiz uchun amalga oshirdik.

«Manchester Siti» o'sishni va sovrinlarni qo'lga kiritishni istaydi. Bu Mourinoning fikri. Kimgadir yoqadi, kimgadir - yo'q», - deydi Gvardiola.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pep Gvardiola: "Mourino haq. Darajani sotib olib bo'lmaydi"