14:14 / 21.08.2018
3 769

UYeFA 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi

UYeFA 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi
UYeFA o'zining rasmiy saytida Yevropaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi uchun nomzod uch nafar o'yinining nomlarini e'lon qildi.

Nomzodlar qatoriga «Real» klubi yarim himoyachisi Luka Modrich, uning sobiq jamoadoshi, hozirda «Yuventus» a'zosi Krishtianu Ronaldu va «Liverpul»dan Muhammad Saloh o'rin olishgan.

Ushbu sovrin o'z egasiga 30 avgust kuni Chempionlari ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida topshiriladi.

O'tgan mavsum «Real» klubida Modrich va Ronaldu Ispaniya chempionatida uchinchi o'rinni egallashdi va uchinchi marotaba ketma-ket YeChLda g'olib bo'lishdi. «Liverpul» esa Angliya chempionatini 4-o'rinda yakunlab YeChL finaliga qadar etib bordi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UYeFA 2017/18 mavsumning eng yaxshi futbolchisiga nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi