Osiyo o'yinlari. Bugungi bahslarda sportchilarimiz 3 ta medal qo'lga kiritishdi

  • 22 avgust 2018, 06:30
  • 1 863
  • Sport
  • Osiyo o'yinlari. Bugungi bahslarda sportchilarimiz 3 ta medal qo'lga kiritishdi
    Bugun, 21 avgust kuni Osiyo o'yinlarining uchinchi kun musobaqalari bo'lib o'tdi. Unda bir qator sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Kun yakunlariga ko'ra uch nafar sportchimiz sovrindorlar qatoridan o'rin olishdi.

    Og'ir atletikaning -62kg vazn toifasida supachaga ko'tarilgan Adhamjon Ergashev musobaqa yakuniga ko'ra umumiy hisobda 298 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi va bronza medali sohibiga aylandi.

    Taekvondo bellashuvlarida +67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Svetlana Osipova Eron hamda Kombodja vakillarini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalgacha etib bordi. Final ostonasida kechgan bahsda esa u qozog'istonlik Deniz Kaneselga yutqazib qo'ydi va bronza medalini qo'lga kiritdi.

    Erkaklar o'rtasidagi bahslarda esa +80kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dmitriy Shokin Hindiston hamda Iordaniya sportchilarini mag'lub etib, finalgacha etib bordi. Oltin medal uchun kechgan jangda esa afsuski eronlik Sayid Rajabiga imkoniyatni boy berdi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi.

    Shu tariqa, O'zbekiston sport delegatsiyasining XVIII Osiyo o'yinlaridagi medallari soni 10taga etdi. Uchinchi kun yakunlariga ko'ra vatanimiz sportchilari 1ta oltin, 3ta kumush va 6ta bronza medallarini qo'lga kiritishgan.

    Manba: www.olympic.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Osiyo o'yinlari. Bugungi bahslarda sportchilarimiz 3 ta medal qo'lga kiritishdi