07:00 / 22.08.2018
4 467

Osiyo o'yinlari. O'zbekistonlik erkin kurashchilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi

Osiyo o'yinlari. O'zbekistonlik erkin kurashchilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi
Xabaringiz bor, Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o'yinlari davom etmoqda. Musobaqaning dastlabki ikki kunida erkin kurash bo'yicha bahslar o'tkazildi.

Ushbu yo'nalishda umumiy hisobda oltita vazn toifasida 106 nafar sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi. Bahslarda ishtirok etgan o'zbekistonlik erkin kurashchilar umumiy hisobda to'rtta medal qo'lga kiritishdi. -74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bekzod Abdurahmonov oltin medal sohibiga aylangan bo'lsa, Sirojiddin Hasanov (-65kg), Magomed Ibragimov (-97kg) va Davit Modzmanashvili (-125kg) lar bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Shu tariqa erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobda ikkinchi o'rinni egallashdi.

Umumiy hisobda erkin kurash bahslarida 3ta oltin, 1ta bronza medalini qo'lga kiritgan eronlik polvonlar birinchi bo'lishdi. Yaponiya va Qozog'iston terma jamoasi a'zolari 1ta kumush va 2ta bronza medalini qo'lga kiritib, bu borada uchinchi ko'rsatkichni qayd etishdi. Kuchli beshlikka 3ta bronza medalga ega chiqqan janubiy koreyalik sportchilar yakun yasashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo o'yinlari. O'zbekistonlik erkin kurashchilar umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi