14:30 / 22.08.2018
4 186

Kuper tarkibni e’lon qildi. Yig‘inga chaqirilgan legionerlar qayerda?


Xabaringiz bor bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi.
Kuper tarkibni e’lon qildi. Yig‘inga chaqirilgan legionerlar qayerda?
E’tiborlisi, argentinalik mutaxassis dastlabki yig‘in uchun e’lon qilgan tarkibida xorij chempionatlarida to‘p surayotgan legionerlarimizning ham nomlarini ko‘rish mumkin. Vitaliy Denisov (Krilya Sovetov), Shohruh Gadoyev (Tedjon Sitizen, J.Koreya), Odil Ahmedov (Shanxay SIPG), Otabek Shukurov (Sharja, BAA), Eldor Shomurodov (Rostov) va Sanjar Tursunovlar (Tedjon Sitizen, J.Koreya) shular jumlasidandir.

Biroq, hozircha ushbu legionerlarimizdan qay birlari bugungi yig‘inga yetib kelganliklari haqida ma’lumot berilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, kecha “Lokomotiv” Vitaliy Denisovni yil oxirigacha Samaraning “Krilya Sovetov” jamoasiga ijaraga berib yuborgani haqida xabar bergan edik.

O‘z navbatida samaraliklar direktori Aleksandr Shikunov hamyurtimizning ertaga jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shilishi haqida aytib o‘tgan edi.

“Bugun kechga yaqin u safimizga yetib keladi va ertadan mashg‘ulotlarga qo‘shiladi”, - degan edi Shikunov.

Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki Denisov terma jamoa yig‘iniga hali yetib kelmagan.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Toshkentda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Futbolchilarimiz 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi, 11 sentyabrda esa Eronga qarshi maydonga tushishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuper tarkibni e’lon qildi. Yig‘inga chaqirilgan legionerlar qayerda?