14:08 / 23.08.2018
3 056

Denis Istomin yarim finalga chiqdi

Denis Istomin yarim finalga chiqdi
Indoneziyada Osiyo o'yinlarining beshinchi kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda.

Tennis musobaqalarida Denis Istomin qozog'istonlik Aleksandr Bublikka qarshi o'yinini yakunladi. Hamyurtimiz 6:1, 3:0 hisobida g'alaba qozonayotgan bir vaqtda raqib o'yinni davom ettira olmasligini ma`lum qildi. Istomin yarim finalda.

Velosport bo'yicha 150 km masofaga bo'lgan bellashuvda Murod Xolmurodov 15, Marat Izmaylov esa 39-o'rinni egalladi.

Og'ir atletika bo'yicha Shahzod Xudoyberganov o'z ishtirokini boshladi.

Slalomda eshkak eshish bo'yicha finalda ishtirok etgan Jonibek Temirgaliyev 97,44 natija qayd etdi va kuchli uchlikka kira olmadi.

Suzish bahslarida ishtirok etgan har uchala sportchimiz ham o'z ishtiroklarini yakunlashdi.

Taekvondo bo'yicha Madina Mannopova chorak finalda livanlik Anna El Haddadni 11:5 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi. Endi u final chiptasi uchun yaponiyalik Miyu Yamadaga qarshi jang qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Istomin yarim finalga chiqdi