20:25 / 23.08.2018
3 813

Ravshan Haydarov: “Endi oson raqib qolmadi”

Ravshan Haydarov: “Endi oson raqib qolmadi”
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo oʻyinlari nimchorak finalida Hongkongga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan oʻyindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«Keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman. Bugun gʻalabaga haqli edik. Oʻyinni ilk daqiqalaridanoq nazorat qildik va oʻyin davomida ustunlikni boy bermadik.

Oltin medal sari yana bir qadam tashladik. Bundan buyogʻiga oson raqib boʻlmaydi. Shunga yarasha tayyorgarlik koʻramiz»

Guruh bosqichida Bangladesh, Tailand va Qatar olimpiyachilariga qarshi oʻyinlarda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi jami 10 gol urdi va darvoza daxlsizligini saqlab qoldi. Hongkongga qarshi oʻyindan keyin bu koʻrsatkich 13:0 koʻrinishiga keldi.

Ravshan Haydarov shogirdlari chorak finalda Janubiy Koreya—Eron juftligi gʻolibiga qarshi kurash olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov: “Endi oson raqib qolmadi”