20:00 / 23.08.2018
4 314

Oʻzbekiston olimpiyachilarining chorak finaldagi raqibi aniq boʻldi

Oʻzbekiston olimpiyachilarining chorak finaldagi raqibi aniq boʻldi
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo oʻyinlari chorak finalida Janubiy Koreya vakillariga qarshi oʻynaydi.

Nimchorak final doirasida janubiy koreyaliklar eronlik raqiblarini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.

Endi nimchorak finalda Hongkongni 3:0 hisobida taslim etgan Ravshan Haydarov shogirdlari yarim finalga chiqish uchun 26 avgust kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan boʻldi.

Chorak finalning yana bir juftligini Suriya va Vyetnam olimpiyachilari hosil qilishgan. Nimchorak final oʻyinlari ertaga, 24 avgust kuni davom etadi.

Eron - Janubiy Koreya
Gollar: 40 - Hvang Yu Jo, 55 - Li Syungvu

Endi Janubiy Koreya terma jamoasi chorak finalda Oʻzbekistonga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 14:00 da boʻlib oʻtadi.

Osiyo oʻyinlari, 1/4 final
27 avgust, 14:00.
Oʻzbekiston OTJ - Janubiy Koreya OTJ

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston olimpiyachilarining chorak finaldagi raqibi aniq boʻldi