11:20 / 24.08.2018
4 194

Ronaldu: "U menga hamma narsani o'rgatdi"

Роналду: "У менга ҳамма нарсани ўргатди"
«Yuventus» klubining yulduzi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»dagi o'zining sobiq ustozi ser Aleks Fergyusonga minnatdorchilik bildirib o'tdi.

Ronaldu 9 yil ilgari «Old Trafford» stadionini tark etgan bo'lsada portugaliyalik futbolchi Fergyuson haqida juda ham iliq fikrlarni bildirdi va nimaga erishgan bo'lsa shu inson ko'mak berganini aytdi.

«Men «Sporting» klubidan «Manchester Yunayted» safiga o'tganida, Fergyuson men uchun juda ham muhim inson edi. O'sha paytda portugalcha qiliqlarimdan holis bo'lmagan va ko'p fint ishlatib, maydonda tushursiz qarorlarni qabul qilardim. U menga bu ahmoqliklardan qutulishimga va yanada kuchli bo'lishimga ko'mak berdi.

U menga hamma narsani o'rgatdi. Fergyuson men uchun otamday va «Manchester Yunayted»da juda ham katta yordam bergan», - deydi Ronaldu DAZN nashriga.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: "U menga hamma narsani o'rgatdi"