09:28 / 26.08.2018
4 018

MOQ oʻzbekistonlik sovrindor sportchilarga soat sovgʻa qilmoqda (foto)

MOQ oʻzbekistonlik sovrindor sportchilarga soat sovgʻa qilmoqda (foto)
Musobaqaning ortda qolgan yetti kunida oʻzbek sportchilari 22ta medal qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

25 avgust kuni Jakartadagi Olimpiya shaharchasida mazkur Osiyo oʻyinlarida sovrindor boʻlgan bir qator sportchilarimizga esdalik sovgʻalarini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Olimpiya shaharchasidagi Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ishchi guruhi shtabida Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov Osiyo oʻyinlarida shohsupaga koʻtarilgan bir qator sportchilarimizga MOQ buyurtmasiga binoan maxsus ishlab chiqarilgan eksklyuziv qoʻl soatlarini taqdim etdi.

Birinchilardan boʻlib ushbu esdalik sovgʻalari Oksana Chusovitina, Nikita Rafalovich, Dmitriy Shokin, Adham Ergashev, Doston Yoqubov, Murod Xolmurodov, Nigora Tursunqulova, Svetlana Osipova, Madina Mannopova va ularning murabbiylariga topshirildi.

Milliy Olimpiya qoʻmitasi bundan keyin ham ushbu anʼanani davom ettiradi va musobaqada shohsupaga koʻtariladigan har bir sportchimiz va ularning murabbiylarini alohida esdalik sovgʻalari bilan taqdirlab boradi.

P.S. Ushbu eksklyuziv soatlar Osiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatga erishgan sportchilarimizning kayfiyatini koʻtarish, ularning kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshish maqsadida sovgʻa qilindi. Hamyurtlarimiz vatanimizga qaytganlaridan soʻng Oʻzbekiston hukumati tomonidan ajratilgan alohida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MOQ oʻzbekistonlik sovrindor sportchilarga soat sovgʻa qilmoqda (foto)