10:30 / 26.08.2018
3 380

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga birinchi litsenziya qoʻlga kiritildi

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga birinchi litsenziya qoʻlga kiritildi
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Indoneziya boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarining tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida Oʻzbekiston vakili Denis Istomin oltin medalni qoʻlga kiritgani xabar qilingandi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Denis Istomin Tokioda 2020 yil boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga ham litsenziyani yutib oldi. Unga ushbu litsenziya oʻyindan soʻng tantanali topshirildi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Maʼlumot uchun: Denis Istomin ushbu Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekistonga beshinchi oltin medalni taqdim etdi.

Kun.uzʻga maʼlum boʻlishicha, Denis Istomin bugunning oʻzidayoq AQSHga uchib ketadi. U ushbu davlatda tashkil etiladigan US Open musobaqasining birinchi davrasida mahalliy tennischi Stiv Jonson bilan bellashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga birinchi litsenziya qoʻlga kiritildi