18:30 / 26.08.2018
2 804

Yurgen Klopp: APL Bundesligadan ancha murakkab

Yurgen Klopp: APL Bundesligadan ancha murakkab
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL bilan bundesligani taqqoslab oʻtdi.

«APL, albatta ancha murakkab. Har bir oʻyinda barcha narsaga tayyor turish lozim. Yetti yil avval barchasi oʻzgacha edi, futbol oʻzgarib ketdi. APL – bu katta sinov.

Men taqqoslashni istamayman, lekin bundesligada siz “Bavariya”ni magʻlub etsangiz yaxshi natija, chunki odatda ular hammani yutishadi. Bu yerda esa bunday narsa yoʻq. Hatto “Siti” ham bunga ishonch bildira olmaydi. Ular 100 ochko jamgʻarishdi, lekin bu kamyob holat.

Agarda “Siti” birinchi raqamli boʻlmasa, boshqa nomzodlar paydo boʻladi. Oʻylaymanki, “Tottenxem” ajoyib mavsumni oʻtkazishadi. Ular jamoani saqlab qolishdi, yaxshi murabbiyga ega.

Boshqa jamoalarda ham imkoniyatlar yuqori. “Chelsi” klubiga ham ijobiy baxo berish mumkin, “Arsenal” yomon boshlagan boʻlsa ham oʻzgarish yuz beradi.

Boshqalarga qarash kerak emas. Bu yordam bermaydi. Har bir raqibni yilda ikki marotaba yutib chiqish kerak boʻldi», - deydi Klopp.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: APL Bundesligadan ancha murakkab