Oʻzbekiston terma jamoasi noyabrda Osiyo grandi bilan bellashadi

  • 26 avgust 2018, 20:18
  • 2 408
  • Sport
  • Oʻzbekiston terma jamoasi noyabrda Osiyo grandi bilan bellashadi
    Oʻzbekiston terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreya bilan oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi, deb xabar bermoqda OʻFA sayti.

    Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, Osiyoning kuchli terma jamoalari bilan muzokaralar olib borildi va 20 noyabr kuni Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi. Noyabr oyida ob-havo sovuq kelishini inobatga olib, Oʻzbekiston terma jamoasi Avstraliyada tayyorgarlik koʻrishga qaror qilgan. Shu tufayli, bu oʻyin Avstraliyada boʻlib oʻtadi.

    Avvalroq, sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 4ta terma jamoa bilan Toshkentda oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish borasida kelishuvga erishilgan edi. Xususan, Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz 6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni Eron, 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya va 16 oktyabr kuni Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda oʻrtoqlik oʻyinlari oʻtkazadi.

    Eslatib oʻtamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston “F” guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Oʻzbekiston terma jamoasi noyabrda Osiyo grandi bilan bellashadi