09:26 / 27.08.2018
3 445

La Liga. “Real” yirik hisobda gʻalaba qozonib, 1-oʻringa chiqib oldi

Ла Лига. "Реал" йирик ҳисобда ғалаба қозониб, 1-ўринга чиқиб олди
Ispaniya chempionatining 2-tur navbatdagi oʻyinlari oʻtkazildi.

“Real Madrid” “Jirona” uyiga safar qilib, yirik hisobda gʻalaba qozondi – 1:4.

16-daqiqada Garsiya mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 39-va 52-daqiqalarda Ramos hamda Benzema penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada Beyl gol kiritib, oradagi farqni oshirgan boʻlsa, 80-daqiqada Benzema dublga erishib, jamoasining yirik hisobdagi gʻalabasini taʼminladi.

Jirona – Real Madrid 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar:
1:0 – 16 Garsiya, 1:1 – 39, penalti Ramos, 1:2 – 52, penalti Benzema, 1:3 – 59 Beyl, 1:4 – 80 Benzema.

Jirona – Bunu, Munyesa, Xuanpe, Espinosa, Porro (Aday, 79), Pons (Aleish Garsiya, 71), Timor, Garsiya, Granel, Portu, Losano (Stuani, 58).
Real Madrid – Navas, Marselo (Varan, 60), Nacho, Ramos, Karvaxal, Kazemiro, Isko (Modrich, 77), Asensio, Kroos, Beyl (Vaskes, 87), Benzema.
Ogohlantirishlar: Porro (33), Munyesa (65), Karvaxal (67), Benzema (86), Vaskes (88).
Qolgan oʻyinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Sevilya – Vilyarreal 0:0 (0:0, 0:0)

Sevilya – Vaslik, Kyer, Gomes, Eskudero (Ben-Yedder, 83), Merkado, Banega (Gonalon, 63), Navas, Sarabiya, Mesa, Vaskes (Aleish Vidal, 63), Andre Silva.
Vilyarreal – Asenxo, Ruis, Alvaro Gonsales, Mario Gaspar, Trigeros, Pedrasa, Kasorla (Raba, 79), Kaseres, Fornals (Bakka, 62), Moreno, Toko-Ekambi (Kosta, 61).
Ogohlantirishlar: Mario Gaspar (5), Merkado (44), Sarabiya (81), Kosta (88), Kyer (90).

Espanol – Valensiya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 62 Granero, 2:0 – 68 Iglesias.

Espanol – Lopes, David Lopes, Vila, Lopes, Ermoso, Granero (Sanches, 80), Mark Roka, Darder, Garsiya (Peres, 71), Baptistao (Pyatti, 76), Iglesias.
Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Pichchini, Diakabi, Vass (Cherыshev, 64), Kondogbia, Parexo, Soler, Rodrigo (Batshuayi, 74), Santi Mina (Gameyro, 67).
Ogohlantirishlar: Diakabi (30), Ermoso (48).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. “Real” yirik hisobda gʻalaba qozonib, 1-oʻringa chiqib oldi