17:59 / 27.08.2018
4 075

Osiyo oʻyinlari. Ogʻir atletikada yana bir medal qoʻlga kiritildi

Osiyo oʻyinlari. Ogʻir atletikada yana bir medal qoʻlga kiritildi
Oʻzbekiston ogʻir atletika jamoasi aʼzosi Rustam Jangaboyev Osiyo oʻyinlarining bronza medaliga sazovor boʻldi.

+105 kg vazn toifasidagi ogʻir atletikachilar bahsida Jangaboyev dast koʻtarishda 203 kg, siltab koʻtarishda 252 kg ogʻirlikdagi toshni oʻziga boʻysundirdi va 455 kg natija bilan uchinchi oʻrinni egalladi.

Oltin va kumush medallar Eron vakillariga ketdi, Behdad Salimikordasiabi 461 kg (208+253), Sayid Alihusayniy esa 456 kg (208+248) natija koʻrsatdi.

Eslatib oʻtamiz, 26 avgust kuni -105 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov 421 kg (dast koʻtarishda 191kg, siltab koʻtarishda 230 kg) natija qayd etib, birinchi oʻrinni egallagan va Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻygandi.

Shu kuni -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Omadoy Otaqoʻziyeva 237 kg natija qayd etib (dast koʻtarishda 101, siltab koʻtarishda esa 136), kumush medal sohibasiga aylangandi.

Endilikda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 29taga yetdi - 6 oltin, 11 kumush va 12 bronza. Oʻzbekiston hamon umumiy reytingda 10-oʻrinda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari. Ogʻir atletikada yana bir medal qoʻlga kiritildi