11:53 / 29.08.2018
4 756

Osiyo oʻyinlari. Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda

Osiyo oʻyinlari. Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda
Bugun, 29 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari davom ettirilmoqda.

Oʻzbekiston boks terma jamoasi aʼzosi, Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov turnir yarim finalga yoʻl oldi.

U chorak finalda qirgʻizistonlik Mirlan Turkbay uluni 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Bugun yana 3 nafar oʻzbekistonlik bokschi, -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov (16:15), -64 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov (12:30) va -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov (17:15) ham chorak final janglarida ringga chiqadi.

28 avgust kuni oʻtkazilgan bahslarda Oʻzbekiston boks jamoasining uch vakili Jasur Latipov (-52 kg), Shunqor Abdurasulov (-60 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) oʻz janglarida gʻalaba qozonib, Osiyo oʻyinlari yarim finaliga chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari. Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda