18:30 / 29.08.2018
3 814

Osiyo oʻyinlari. Isroil Madrimov ham yarim finalchilar safida!

Osiyo oʻyinlari. Isroil Madrimov ham yarim finalchilar safida!
Foto: Maʼrufjon Asqarov
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlarida boks boʻyicha musobaqalarda -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov chorak finalda eronlik Saidshahin Mousaviga qarshi ringga koʻtarildi.

Madrimov jangda katta ustunlik bilan, 5:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Shu tariqa Isroil ham musobaqada qatnashayotgan barcha bokschilarimiz singari yarim finalga yoʻl oldi.

Endi 7 vazn toifasida 7 nafar bokschimiz final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarilishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari. Isroil Madrimov ham yarim finalchilar safida!