20:45 / 29.08.2018
4 285

Oʻzbekiston – Suriya oʻyini chiptalari bugundan sotuvga chiqarildi

Oʻzbekiston – Suriya oʻyini chiptalari bugundan sotuvga chiqarildi
Oʻzbekiston – Suriya oʻrtoqlik oʻyinlari chiptalari 29 avgustdan sotuvga chiqarildi. Maʼlumki, 6 sentyabr kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur oʻyin “Milliy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.

OʻFA rasmiy saytining xabar berishicha, ushbu oʻrtoqlik oʻyini uchun chiptalar 29 avgustdan boshlab sotuvga chiqadi. Chiptalar narxi toifasiga qarab 20 ming, 25 ming va 50 ming (CIP) soʻmni tashkil qiladi.

Chiptalarni muxlislar “Milliy” stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, futbol ishqibozlariga qulaylik yaratish maqsadida odam koʻp yigʻiladigan joylar - bozorlar, savdo majmualari oldida sayyor kassalar tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston – Suriya oʻyini chiptalari bugundan sotuvga chiqarildi