23:20 / 29.08.2018
5 412

Osiyo oʻyinlari 10-kun. Bugun 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston 7-oʻringa chiqib oldi (FOTO)

Osiyo oʻyinlari 10-kun. Bugun 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston 7-oʻringa chiqib oldi (FOTO)
Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyada oʻtkazilayotgan Osiyo oʻyinlari oʻzining ayni qizgʻin pallasiga kirib bormoqda. Bugun musobaqaning oʻninchi kunida hamyurtlarimiz 7ta sport turi boʻyicha bahs olib borishdi.

Dastlab badiiy gimnastikachimiz Sabina Tashkenbayeva kumush medalni qoʻlga kiritdi. Keyinchalik katta sahnaga kurashchilarimiz chiqib kelishdi. Jumladan, birinchi boʻlib Muhsin Hisomiddinov oltin medalni qoʻlga kiritib Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylangan boʻlsa, keyinroq kurashchi qizimiz Gulnor Sulaymonova ham Osiyoda tengsiz ekanligini isbotladi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni yozdirib qoʻydi.

Shundan soʻng -60 kg vazinda finalda ishtirok etgan dzyudochimiz Diyor Oʻrozboyev yaponiyalik Toru Shishimeni irodali tarzda taslim etdi va oltin medalga ega chiqdi. Kunning ikkinchi yarmida kurashchimiz Dildor Shermetova ham Osiyo oʻyinlari gʻolibi degan sharafli nomga sazovor boʻldi.

Kunning soʻnggi medalllari esa Yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida qoʻlga kiritildi. Eʼtiborlisi, oltin medal uchun Oʻzbekiston sportchilari oʻzaro kurash olib borishdi.

Xususan, har ikkala sportchimiz oltin va kumush medallarini oʻzaro boʻlishib olishdi. Xususan, Svetlana Radzivil 1,96 metrni zabt etgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Nadiya Dusanova 1,94 metrga sakradi va kumush medal sohibasiga aylandi. Kuchli uchlikni esa 1,84 metrni zabt etgan qozogʻistonlik Nadejda Duboviskaya yakunlab berdi. Qayd etish lozim, Radzivil ushbu natijasi orqali oʻzining 2010 yilda Guanjouda oʻrnatgan Osiyo oʻyinlari rekordini yangiladi.

Shu bilan medallar jamgʻarmasi boʻyicha norasmiy reytingda hamyurtlarimiz 12 ta oltin, 17 ta kumush va 16 ta bronza - jami 45 ta medal bilan medallar jamgʻarish boʻyicha norasmiy reytingda 7-oʻringa koʻtarilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari 10-kun. Bugun 5 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston 7-oʻringa chiqib oldi (FOTO)