12:27 / 30.08.2018
3 670

13-oltin. Menkov Osiyo oʻyinlarida 4 karra chempion boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi

13-oltin. Menkov Osiyo oʻyinlarida 4 karra chempion boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi
Bugun Osiyo oʻyinlarining 12-kun musobaqalari oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston vakili eshkak eshish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Vadim Menkov Osiyo oʻyinlarining toʻrt karra chempioniga aylandi. Hamyurtimiz marraga birinchi boʻlib yetib bordi va yakunda musobaqa gʻolibiga aylandi.

Bu Vadim uchun Osiyo oʻyinlaridagi toʻrtinchi oltin. Bungacha u Doxa, Guanchjou va Incheonda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlgan.

U bunday natijaga erishgan birinchi oʻzbek sportchisi boʻldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish boʻyicha ayollar oʻrtasida 500 metr masofaga oʻtkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova/Nilufar Zokirova tandemi marraga ikkinchi boʻlib yetib bordi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Foto: Abdulloh Fayzullayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 13-oltin. Menkov Osiyo oʻyinlarida 4 karra chempion boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi