21:57 / 30.08.2018
3 271

Omadi yurishmayotgan Mourinoning oʻrniga kim kelishi mumkin?

Omadi yurishmayotgan Mourinoning oʻrniga kim kelishi mumkin?
Portugaliyalik murabbiy “Old Trafford”da “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvda yengildi va jamoasi bilan klub tarixidagi eng yomon debyutlardan birini oʻtkazdi. Bir qator futbol ekspertlari “oʻzgacha” murabbiy bu ketishda klubdagi lavozimini yoʻqotib qoʻyadi, degan fikrda. Goal nashri Joze Mourino oʻrniga kelishi mumkin boʻlgan murabbiylarni tahlil qildi.

Angliyaning sobiq hujumchisi Kris Satton Mourinoning klubdagi kelajagi soʻroq ostida boʻlishini aytgan ilk ekspertlardan biri boʻldi.

“Bu ketishda «Manchester Yunayted” qayergacha boradi, Mourinochi? Menimcha Mourinoning intihosi yaqinlashmoqda» – deya intervyu berdi.

Quyida uning oʻrnini egallashi mumkin boʻlgan baʼzi murabbiylar bilan tanishing:

Zinedin Zidan

Klub rahbariyati va muxlislari orasida favorit sifatida Zidan bormoqda. Fransiyalik mutaxassis may oyida “Real”ni qatorasiga uchinchi marta Chempionlar Ligasi gʻolibiga aylantirganidan keyin Madrid klubi boshqaruvidan ketgan edi.

Uning Yevropa yashil maydonlarida erishgan yutuqlariga qaramay, madridliklar rahbariyati uning taktik iqtidori chegarlanganligi, murabbiylik qobiliyati yetarli emasligi va koʻproq Kuboklarni yutadigan mutaxassisga aylanib qolgani sabab qilib koʻrsatildi.

Shunga qaramay, Zidan uchun katta nohaqlik qilinmoqda, u 2016-17-yilgi mavsumda La Ligani ham yutgan edi. U oʻz faoliyati davomida bir qator tajribalar oʻtkazib koʻrdi va tarkib borasida katta tavakkallarga qoʻl urdi. Uning klub boshqaruvidagi soʻnggi mavsumida Asensio va Lukas Vaskeslar samara koʻrsata boshlagan edi.

Jahon futbolining ayni vaqtdagi koʻzga koʻringan murabbiyi “Old Trafford”da ham oʻzini koʻrsata olishi va jamoani birlik va ishonch sari qayta yoʻllay olishi mumkin.

Mauritsio Pochettino

Dushanba kungi uchrashuvda talaba ustozga aylanganini koʻrsatib qoʻydi. 2016-yilda Lui Van Gal oʻrniga Pochettinoni tanlamasdan Mourinoni tanlashganiga baʼzi klub mutasaddilari achina boshlagan boʻlsa ajab emas.

Bu vaqt ichida argentinalik mutaxassis eng yaxshi yosh murabbiylardan biriga aylanib ulgurdi.

U tomon yogʻdiralayotgan tanqidlarning asosiy sababi shuki u hozirgacha birorta muhim sovringa ega chiqqani yoʻq. Ammo “taqachilar” ayni vaqtda Chempionlar Ligasida kurashayotgan va yulduzlikka daʼvo qiluvchi jamoaga aylangan.

Oʻtgan mavsumda uning jamoasi kimsan “Real”ni magʻlub etdi. Garchi yakunda quruq qoʻl bilan qolgan boʻlsada, uning madridliklarni qay yoʻsinda yutgani eʼtiborga sazovor.

Biroq, bir savolga javob topish qiyin: Pochettino endi “Tottenxem”ni tashlab “Manchester Yunayted”ga oʻtishga rozi boʻlarmikin?

Loran Blan

Mourino ikki yil avval “Old Trafford”ga oʻtish arafasida Blan timsolida qattiq bosim ostida qolgan edi. Xabarlarga koʻra, MYUning sobiq himoyachisi “Inter”da Frank De Burning oʻrnini egallashi mumkin ekan.

Blan hozircha murabbiylik faoliyatini qayta tiklaganicha yoʻq. U qiziqarli takliflarni kutmoqda. MYU esa fransiyalik mutaxassis uchun ayni shunday taklif boʻlishi aniq.

Blanning oʻyinni oʻqiy olish qobiliyati mukammalligi sabab murabbiylik faoliyatining dastlabki yilidayoq “Bordo” bilan katta muvaffaqiyatga erishgandi. 2008-09-yilgi mavsumda u jamoasini 1 Liga chempioniga aylantirdi.

Blan keyinchalik Chempionlar Ligasida natijaga erisha olmayotgani sabab “PSJ” boshqaruvidan ketgan edi.

Loran Blan Angliyada uzoq muddat futboldan chetda qolayotgani uchun emas, undagi aql, sovuqqonlik va bosiqlik xislatlari “tumanli Albion”dagi faoliyati omadli chiqishiga asosiy sabablardir.

Rayan Giggz

Giggzning sevimli jamoasining navbatdagi murabbiyiga aylanish imkoniyati ushbu roʻyxatda past baholanmoqda.

Albatta, yarim himoyachi “Old Trafford” afsonasi, u “qizil iblislar” safida faoliyatining toʻliq – 24 yilini ushbu klubda oʻtkazdi. Bu vaqt oraligʻida 13 marta Premyer Liga va ikki bora Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqdi.

Boz ustiga uni klub muxlislari hamon ardoqlaydi.

Uning MYU boshqaruviga kelmasligini koʻrsatuvchi bir qator faktorlar bor. Avvalo u yanvar oyidagina Uels termasini qabul qilgan. Qisqa vaqt faoliyati ichida boshlagan ishini tashlamasligi mumkin.

Bundan tashqari u 2013-14-yilgi mavsumda Devid Moyes isteʼfosidan oldin klub boshqaruvida oʻzini sinab koʻrgandi. Atigi toʻrtta uchrashuv oʻtkazgan boʻlsada, u katta bosim ostida qolganini taʼkidlagan edi. Endi esa toʻrt yil oʻtgach u murabbiylik qobiliyatini bajarishga kirishdi.

Muxlislar Giggzni klub boshqaruvida koʻrishdan xursand boʻlishlari aniq, biroq ularda Giggzning murabbiylik qobiliyatiga shubhalari ham borligi, rost.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Omadi yurishmayotgan Mourinoning oʻrniga kim kelishi mumkin?