22:50 / 30.08.2018
4 731

Prezident sovrini uchun kurash boʻyicha I Xalqaro turnir oʻtkaziladi. Sovrin jamgʻarmasi - 100 ming dollar

Prezident sovrini uchun kurash boʻyicha I Xalqaro turnir oʻtkaziladi. Sovrin jamgʻarmasi - 100 ming dollar
2018 yil 5-7 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha I Xalqaro turnir oʻtkaziladi. Kun.uzʻga maʼlum boʻlishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilindi.

Turnir doirasida seminar-trening ham oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha I Xalqaro turnirni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita hamda xarajatlar smetasi tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, xarajatlar Toshkent shahar hokimligi mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari va homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi. 2018 yil 6 sentyabr - “Kurash” milliy sport turi kunini keng nishonlash yuzasidan joylarda kurash boʻyicha musobaqalar va seminarlar, shuningdek, jahon chempionlari ishtirokida koʻrgazmali chiqishlar tashkil etiladi.

Maʼlum boʻlishicha, xalqaro turnirda l-oʻrin uchun 50 000 AQSH doll. (Prezident sovrini), 2-oʻrin uchun 25 000 AQSH doll., 3-oʻrin uchun x 2 kishi x 10 000 AQSH doll., 5-8-oʻrin uchun x 4 kishi x 1 250 AQSH doll. miqdorida pul mukofotlari beriladi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi 100 000 AQSH dollari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Prezident sovrini uchun kurash boʻyicha I Xalqaro turnir oʻtkaziladi. Sovrin jamgʻarmasi - 100 ming dollar