21:59 / 30.08.2018
3 564

Osiyo oʻyinlari. Bugun bir pogʻona yuqoriladik va 6-oʻringa chiqib oldik (FOTO)


Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyada oʻtkazilayotgan Osiyo oʻyinlari oʻzining ayni qizgʻin pallasiga kirib bormoqda. Bugun musobaqaning oʻn ikkinchi kunida hamyurtlarimiz bir qator medallar uchun bahs olib borishadi.
Osiyo oʻyinlari. Bugun bir pogʻona yuqoriladik va 6-oʻringa chiqib oldik (FOTO)
Dastlab musobaqaning kanoeda eshkak eshish sport turining ayollar oʻrtasida 500 metr masofaga oʻtkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova/Nilufar Zokirova tandemi marraga ikkinchi boʻlib yetib bordi va kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ular xitoylik raqiblaridan 3,6 soniya ortda qolishdi va 2:06.160 natija qayd etib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qoʻshib qoʻyishdi. Keyin ushbu sport turi boʻyicha erkaklar oʻrtasida 1000 metr masofaga oʻtkazilgan bahslarda hamyurtimiz Vadim Menkov marraga birinchi boʻlib yetib bordi va yakunda musobaqa gʻolibiga aylandi.

Kunning ikkinchi yarmida esa Osiyo oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan kurash boʻyicha -78 kg vazn toifasidagi sportchilar oʻrtasidagi final bahs boʻlib oʻtdi. Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Kumush Yoʻldosheva moʻgʻulistonlik Otgon Munxsetsegga qarshi gilamga koʻtarildi. Qiziqarli kechgan bahsda hamyurtimiz raqibasi ustidan halol bahosi bilan gʻalaba qozondi.

Keyinroq dzyudo boʻyicha ayollar oʻrtasida -70 kg vazn toifasida bronza medali uchun oʻtkazilgan bahsda hamyurtimiz Gulnoza Matniyazova xitoylik Ya Juga qarshi tatamiga koʻtarildi.Qiziqarli oʻtgan bahsda esa hamyurtimiz raqibasini ippon bahosi evaziga magʻlub etdi va bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Shunday qilib hamyurtlarimiz bugun jami 8ta medalni (3ta oltin, 2ta kumush, 3ta bronza) qoʻlga kiritishdi va degelatsiyamiz hisobidagi medallar soni 53 taga yetdi. Eʼtiborlisi, bugungi qoʻlga kiritilgan medallar evaziga Oʻzbekiston umumjamoa hisobida 7-oʻrindan 6-oʻringa koʻtarilib oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlari. Bugun bir pogʻona yuqoriladik va 6-oʻringa chiqib oldik (FOTO)