11:28 / 31.08.2018
3 121

YECHLning oʻtgan mavsumidagi eng yaxshilar eʼlon qilindi

YECHLning oʻtgan mavsumidagi eng yaxshilar eʼlon qilindi
“Real” darvozaboni Keylor Navas Chempionlar ligasining 2017/18 yilgi mavsumining eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi. U YECHLning yangi mavsumi uchun qurʼa tashlash marosimi vaqtida mukofot bilan taqdirlandi.

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni boʻlish uchun “Liverpul” darvozaboni, oʻtgan mavsumda “Roma” darvozasini qoʻriqlagan Alison Beker hamda “PSJ” darvozaboni, oʻtgan mavsumda “Yuventus” safida YECHL oʻyinlarida qatnashgan Janluiji Buffon ham daʼvogar edi.

Navas “Real” bilan Chempionlar ligasida gʻolib chiqqandi. Kosta-Rikalik darvozabon turnir doirasida 11 oʻyinda maydonga tushib, 13 gol oʻtkazgan va 29 marta seyv amalga oshirib, jamoani muqarrar gollardan saqlagan.

Navas “Real”ga 2014 yili “Levante”dan oʻtgandi. U madridliklar klubi bilan qatorasiga 3 marta Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi, bir marta Ispaniya chempioni, Ispaniya Superkubogi va UYEFA Superkubogi gʻolibi boʻldi.

Qurʼa tashlash marosimi davomida YECHLning oʻtgan mavsumidagi eng yaxshi himoyachi nomi ham eʼlon qilindi.

Bu mukofotga “Real”ning 3 aʼzosi - jamoa sardori Serxio Ramos hamda Marselo va Rafael Varan daʼvogar edi. Uchlikdan Serxio Ramos eng kuchlirogʻi deb topildi.

Ramos Madrid jamoasi bilan YECHLning oʻtgan mavsumida 11 oʻyinda maydonga tushgandi.

Ramos “Real”ga 2005 yili “Levante”dan oʻtgandi. Oʻtgan vaqt mobaynida u madridliklar bilan 4 marta YECHLda gʻolib boʻldi, shuncha marta Ispaniya chempioniga aylandi, ikki marta mamlakat Kubogini, 3 martadan Ispaniya Superkubogi va UYEFA Suprekubogini qoʻlga kiritdi.

“Real”ning xorvatiyalik yarimhimoyachisi Luka Modrich Chempionlar ligasining oʻtgan mavsumidagi eng yaxshi yarimhimoyachi sifatida eʼtirof etildi.

Ushbu mukofotga Modrichning jamoadoshi Toni Kroos va “Manchester Siti” yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne ham daʼvogarlik qilgandi.

Oʻtgan mavsumda “Real” bilan chempion boʻlgan, shu yozda “Yuventus”ga oʻtgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu YECHLning 2017/18 yilgi mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu mukofotga “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh va “Barselona” hujumchisi Lionel Messi ham daʼvogarlik qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHLning oʻtgan mavsumidagi eng yaxshilar eʼlon qilindi