12:27 / 31.08.2018
4 176

Abdumalik Xalokov jahon chempioniga aylandi

Abdumalik Xalokov jahon chempioniga aylandi
Budapeshtda davom etayotgan yoshlar oʻrtasidagi boks boʻyicha jahon chempionatining birinchi kungi final janglariga start berildi. Unda bir nafar bokschimiz hal qiluvchi bosqichga qadar yetib keldi.

56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov oltin medallar uchun kechgan bahsda rossiyalik Vsevolod Shumkov bilan kuch sinashdi.

Mazkur jangda yakunlariga koʻra, bokschimiz ochkolar boʻyicha raqibini magʻlub qilib, jahon chempioni degan nomga sazovor boʻldi.

Shunday qilib, bu yilgi jahon chempionatida vakillarimiz jami 3 medal – 1 oltin va 2 bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abdumalik Xalokov jahon chempioniga aylandi