14:28 / 31.08.2018
3 186

Klopp: “Qiyin guruh kutgan edim, shunday boʻlib chiqdi”

Клопп: "Қийин гуруҳ кутган эдим, шундай бўлиб чиқди"
Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp YECHL guruh bosqichi uchun tashlangang qurʼa natijalari borasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Qizillar” guruhda Fransiyaning PSJ, Italiyaning “Napoli” va Serbiyaning “Srvena Zvezda” jamoalariga qarshi bahs olib boradigan boʻlishdi.

"Men qiyin guruh kutgan edim va shunday boʻlib chiqdi. Aslida YECHLda boshqachasi boʻlmaydi. Bu jahonda klublar miqyosidagi eng kuchli turnir va doimo kuchli jamoalar qatnashadi.

PSJ - dunyodagi eng qiziqarli jamoalardan biri. Oʻylashimcha, ularning maqsadlari chempionlik. Shunday ekan, bizni oldinda ikkitia qiziqarli oʻyin kutib turibdi.

“Napoli” bilan esa mavsum oldi tayyorgarligi jarayonida oʻynab, gʻalaba qozongan edik. Biroq oldindagi uchrashuv umuman boshqacha oʻtadi. Men “Borussiya”da ishlab yurgan vaqtimda Neapolga borganman va u yerda muxlislar qanday qoʻllab-quvvatlashlarini yaxshi bilaman.

“Srvena Zvezda”ning oʻyinini kecha koʻrdim. Ular guruhga chiqishdi va bu jamoaga qarshi oʻyin ham qiziqarli oʻtadi", - dedi germaniyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Klopp: “Qiyin guruh kutgan edim, shunday boʻlib chiqdi”