22:27 / 31.08.2018
3 847

Isroil Madrimov qiyin jangda gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonlik bokschilarning barchasi finalda

Isroil Madrimov qiyin jangda gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonlik bokschilarning barchasi finalda
Oʻzbekiston boks jamoasining barcha vakillari Osiyo oʻyinlari finalida oʻynaydi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi bayroqdori, -75 kg toifasida Osiyo chempioni boʻlgan Isroil Madrimov yarim finalda murakkab jang oʻtkazdi.

Filippinlik Marsial Feliksga qarshi jang davomida Madrimov nokdaun holatiga ham tushib qoldi. Ammo u jangning asosiy vaqtini hujumda oʻtkazdi va yakunda hakamlar Madrimovni gʻolib deb topishdi - 3:2 (27:28, 27:28, 28:27, 28:27, 28:27).

Endi u finalda qozogʻistonlik Abilxan Amanqul bilan oltin medal uchun bahs olib boradi. Qozogʻiston vakili yarim finaldan jangsiz oʻtdi, uning raqibi, hindistonlik Vikash Krishan jangga chiqmadi va unga texnik magʻlubiyat yozildi.

Shu tariqa, Osiyo oʻyinlari finalida oltin medal uchun jang qiladigan oʻzbekistonlik bokschilar soni 7 nafarga yetdi. Bungacha -49 kg vazn toifasidagi Hasanboy Doʻsmatov, -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -56 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov, -60 kg vazn toifasidagi Shunqor Abdurasulov, -64 kg vazn toifasidagi Iqboljon Xoldorov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov qiyin jangda gʻalaba qozondi. Oʻzbekistonlik bokschilarning barchasi finalda