13:47 / 01.09.2018
3 524

Boks. Mirazizbek Mirzahalilov delegatsiyamizga 17-oltin medalni olib keldi

Boks. Mirazizbek Mirzahalilov delegatsiyamizga 17-oltin medalni olib keldi
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo oʻyinlarining boks bahslarida bugun final janglari boʻlib oʻtmoqda.

-56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov oltin medal uchun jangda Shimoliy koreyalik Jo Xyo Nam bilan kuch sinashdi.

Ikkinchi raundda koreyalik charm qoʻlqop ustasi jarohat oldi va oʻsha vaqtga qadar boʻlgan jangni ochkolar hisobi boʻyicha vakilimiz gʻalaba qozondi:19:19, 19:19, 20:18, 19:19, 19:19.

Shu tariqa 23 yoshli bokschimiz delegatsiyamiz hisobiga 17-oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, bundan biroz oldin Jasurbek Latipov ham oltin medalga ega chiqqan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Mirazizbek Mirzahalilov delegatsiyamizga 17-oltin medalni olib keldi