Osiyo oʻyinlari chempioniga aylangan bokschi Iqboljon Xoldorov taqdirlash marosimidan soʻng Kun.uz muxbiriga intervyu berdi.
«Xudoga shukr, boksda hammasi juda chiroyli oʻtdi. Yetti nafar bokschimizdan hammamiz finalga yetib keldik. Bu gʻalabalarimizni prezidentimizga, Mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga bagʻishlaymiz. Oʻylaymanki, bu muvaffaqiyatlarimiz Oʻzbekistonga bayram uchun yaxshi sovgʻa boʻladi.
Umuman olganda, Osiyo oʻyinlari kichik Olimpiada hisoblanadi. Bu musobaqalarga har bir sportchi katta umidlar, katta masʼuliyat, tayyorgarlik bilan keladi. Ilk janglarimiz oson boʻlmasligini ham yaxshi bilardik, sababi barcha raqiblar bizni yutaman, deb chiqdi. Oʻylaymanki, tayyorgarlik yaxshi boʻldi - 7 nafar sportchidan barchasi finalga chiqdi. Osiyo oʻyinlari bizga dars ham boʻldi. Avval koʻzga koʻrinmagan sportchilar ham bu yerga kuchli tayyorgarlik bilan kelishini bildik. Moʻgʻuliston, Filippin, Hindistondan kuchli bokschilar kelibdi.
Oldindan bizdan qancha bokschi finalga chiqishi haqida oʻylamagandim. Hamma yutish uchun keladi. Biz bu yerga rekord natija uchun keldik, faqat oltin uchun harakat qildik. Hammamiz chempion boʻlib, oltin olib, Oʻzbekistonga sensatsion natija bilan qaytamiz, deb niyat qilgandik», - deydi Xoldorov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi