07:01 / 02.09.2018
3 382

Ronaldu Italiyada oʻz hayoti uchun xavfsiramoqda

Ronaldu Italiyada oʻz hayoti uchun xavfsiramoqda
“Yuventus” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar klubi rahbariyatdan uch tansoqchini yollashni soʻradi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga koʻra, 33 yoshli futbolchi Gran Mardedagi villasiga taklif qilinmagan mehmonlar kirib kelishidan choʻchimoqda.

Tansoqchilardan biri villani, yana biri futbolchining oilasini, uchinchisi esa hujumchining oʻzini qoʻriqlashi lozim.

Xabarda aytilishicha, “Kyevo” — “Yuventus” oʻyinidan avval aksilterror boʻlinmalar xavfsizlikni taʼminlashga jalb etilgani Ronalduning xavotirlariga sabab boʻlgan.

Ronaldu “Yuventus”ga shu yilning yozida 112 million yevro evaziga “Real” safidan kelib qoʻshildi.

Rossiyadagi jahon chempionati arafasida Ronalduning xavfsizligini taʼminlash uchun aralash usullar boʻyicha jangchi Gonsalo Salgado va sobiq desantchi Nuno Marekos jalb etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu Italiyada oʻz hayoti uchun xavfsiramoqda