10:30 / 02.09.2018
3 587

A Seriya. “Yuventus” “Parma”ni magʻlub etdi. Ronaldu yana gol ura olmadi

А Серия. "Ювентус" "Парма"ни мағлуб этди. Роналду яна гол ура олмади
Italiya chempionatining 3-turida “Yuventus” “Parma” maydoniga safar qilib, kichik farq bilan gʻalaba qozondi. “Ennio Tardini” stadionida kechgan oʻyin 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal boʻldi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida Manjukich hisobni ochgan boʻlsa, 33-daqiqada Jervino oradagi farqni yoʻqqa chiqarishga muvaffaq boʻldi. Mehmonlarga gʻalaba keltirgan gol 2-boʻlimning 13-daqiqasida Matyuidi tomonidan kiritildi.

Parma – Yuventus 1:2 (1:1, 0:1)

Gollar:
0:1 – 2 Manjukich, 1:1 – 33 Jervino, 1:2 – 58 Matyuidi.

Parma – Sepe, Yakoponi, Brunu Alvesh, Galolo, Gobbi, Rigoni (Deyola, 60), Shtulas, Barilla, Jervino (da Krus, 61), Ingleze, Di Gaudio (Cheravolo, 80).

Yuventus – Shchensni, Kuadrado, Bonuchchi, Kyellini, Aleks Sandro, Xedira (Dibala, 80), Pyanich (Djan, 73), Matyuidi, Bernardeski (Duglas Kosta, 55), Manjukich, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Pyanich (13), Bernardeski (40), Rigoni (45), Kuadrado (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. “Yuventus” “Parma”ni magʻlub etdi. Ronaldu yana gol ura olmadi