10:48 / 03.09.2018
3 402

Allegri Ronaldu haqida: Hujumchilar A Seriyada qiyinchiliklarga duch keladi

Allegri Ronaldu haqida: Hujumchilar A Seriyada qiyinchiliklarga duch keladi
“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionatining 3-turida “Parma” jamoasi ustidan qozonilgan gʻalaba haqida fikr bildirib oʻtdi.

«Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Parmada oʻynash qiyin – biz bu yerda soʻnggi beshta oʻyinning atigi bittasida gʻalaba qozondik.

“Parma” klubi jon saqlab qolish uchun oʻynaydi, juda ham tartibli va qarshi hujumda havfli. Biroq oʻyinning oxirida kuchi qolmadi.

Haqli ravishda gʻalabaga erishdik, lekin oldinda juda ham koʻp ish kutib turibdi.

Ronaldu gol urmayapti? A Seriyaga kelgan hujumchilar maʼlum bir muammoga duch kelishadi, umuman olganda esa u yaxshi oʻyin oʻtkazdi.

Men Krishtianuning ishidan koʻnglim toʻq. Terma jamoalar uchun ajratilgan tanaffus bizga yanada oʻtkirroq oʻynash uchun yordam beradi.

Manjukich doimo katta futbolchi boʻlgan, hatto men ham uning jahon chempionatidan keyin yaxshi formada qoladi deb kutmagan edi.

Dibala sekin-asta formaga qaytmoqda. U zahiradan maydonga tushib oʻzini koʻrsata oldi», - deydi Allegri.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri Ronaldu haqida: Hujumchilar A Seriyada qiyinchiliklarga duch keladi