20:41 / 03.09.2018
4 958

Mavlud Tifiyev navbatdagi nokautni rasmiylashtirdi

Mavlud Tifiyev navbatdagi nokautni rasmiylashtirdi
Oʻzbekistonlik yakkakurashchi Mavlud Tifiyev oʻzining navbatdagi gʻalabasini tantana qildi.

Tailandda “MX Muay XTREME” turniri doirasida boʻlib oʻtgan jangda hamyurtimizga mezbonlar vakili Mibon raqiblik qildi.

Ushbu kechada yana toʻrt jang tashkil etilib, tailandlik mauy tay ustalariga Kolumbiya, Braziliya va Boshka sportchilar raqiblik qilishdi. Mazkur janglar 64, 65, 67 va 75 kg vaznda boʻlib oʻtdi.

64 kg vazn toifasida ringga chiqqan hamyurtimiz mezbonlar vakili Nanpin bilan bellashib, qiyin kechgan jangni muddatidan oldin yakunlashga erishdi.

Eslatib oʻtamiz, Mavlud oldingi jangini 22 iyul kuni “MX Muay XTREME” turniri doirasida oʻtkazib, tailandlik sportchini jarohat olganiga qaramasdan magʻlub qilgan edi.

Maʼlumot uchun: Mavlud Tifiyev professional muay tay boʻyicha 2008 hamda 2010 yilda jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mavlud Tifiyev navbatdagi nokautni rasmiylashtirdi