06:00 / 04.09.2018
3 074

Joze Mourino: “Hisob yetarlicha yirik emas”

Жозе Моуриньо: "Ҳисоб етарлича йирик эмас"
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino “Byornli” ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi gʻalaba haqiqiy ustunlikni koʻrsatib bermaganini taʼkidladi.

Mourino shogirdlari ushbu safarga “Brayton” va “Tottenxem” klublaridan qabul qilingan magʻlubiyatlardan soʻng yoʻl olishgan edi va ular har ikki oʻyin ham 3 tadan toʻp oʻtkazib yuborishgan.

Bu safar “Yunayted” himoyada ancha ishonchli oʻynadi va oldinda koʻplab vaziyatlar yaratishdi. Ulardan faqatgina ikkitasi unumli yakunlandi. Mourino oʻz shogirdlarining oʻyinidan koʻngli toʻlganini, lekin kattaroq hisob bilan yutish kerakligini aytib oʻtdi.

«Oʻylaymanki, ushbu oʻyin juda va juda yaxshi boʻldi, faqat hisob yetarlicha yirik emas.

Biz jamoaviy jihatdan ham yakka tartibda ham zoʻr oʻynadik, ammo biz koʻproq gol urishimiz kerak edi. Masalani oʻyin oxirigacha kutib turish shart emas.

Koʻpchilik futbolchilar oʻzini yaxshi koʻrsatishdi, Fellayni Smolling bilan birga va Lindelef mustahkam asosni tashkil qilib berdi.

Juda ham koʻplab vaziyatlarni yaratdik, Jo Xart esa bir necha katta seyvlarni amalga oshirdi. Men soʻnggi ikki oʻyinda bunchalik qulay oʻyinni koʻrmadim», - deydi Mourino VVS nashriga.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: “Hisob yetarlicha yirik emas”