Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan Osiyo oʻyinlarida oltin medal olgan sportchilar uchun 10 ming dollar miqdorida mukofot puli beriladi. Bu haqda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov “Kun.uz”ga maʼlum qildi.
Bundan tashqari, avvaldan belgilangan tartibga koʻra, hukumat tomonidan Osiyo oʻyinlari sovrindorlari boʻlgan barcha sportchilarga pul mukofotlari ajratilgan. Unga koʻra, Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻlgan sportchilar uchun 5 ming dollardan, kumush medal egalari uchun 3 ming dollardan va bronza medal sohiblari uchun 2 ming dollardan pul mukofotlari beriladi.
Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini 30ta sport turida 234 nafar sportchi himoya qildi. Shundan 21 nafar sportchi oltin, 24 sportchi kumush va 25 nafar sportchi bronza medal oldi. Oʻzbekiston delegatsiyasi medallar sifati boʻyicha 45 mamlakat ichida umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egalladi.
Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlgan sportchilar jami 15 ming dollardan pul mukofotiga ega boʻlishadi.
Yaqin kunlar ichida sportchilarni taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston hukumati turnir sovrindorlarini mukofotlash uchun 227 ming dollar, Milliy olimpiya qoʻmitasi esa 210 ming dollar miqdorida mablagʻ sarflaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi