15:47 / 05.09.2018
3 796

Ektor Kuper: “Terma jamoa oʻyinida 1 oydan soʻng oʻzgarish boʻladi”

Ektor Kuper: “Terma jamoa oʻyinida 1 oydan soʻng oʻzgarish boʻladi”
Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Suriyaga (6 sentyabr) qarshi oʻrtoqlik oʻyinidan oldin, oʻz fikrlarini bayon qildi.

“22 avgust kuni yigʻinga kirishgan boʻlsak, birinchi ishni futbolchilarni inson sifatida oʻrganishdan boshladim. Oʻzbekiston terma jamoasining oldingi oʻyinlari bilan tanishdim. Qoʻl ostimda jamlangan futbolchilar bilan mashgʻulotlar oʻtkazib, ularning jismoniy tayyorgarligini kuzatdim.

Hozirgi tarkib Suriya va Eron oʻyinlari uchun yigʻilgan boʻlib, keyingi oʻyinlarda yangi oʻyinchilar ham jalb qilinishi ehtimoldan holi emas.

Oʻyinchilar texnika jihatidan juda ham yaxshi holatda. Mashgʻulotlar jarayonida global oʻzgarishlar qilganimizcha yoʻq. Shu sabab ham, birinchi oʻyindanoq moʻʼjizalar kutmasligingizni soʻrayman. Terma jamoa oʻyinidagi oʻzgarishlar eng kamida bir oydan soʻng koʻzga tashlanishiga umid qilyapman.

Men oʻyinchi tanlashda eng avvalo jismoniy holatiga eʼtibor beraman. Oʻz klubida yaxshi toʻp surayotgan barcha oʻyinchilarni kuzatishga harakat qilaman. Oʻrtoqlik uchrashuvida qatnashmagan boʻlsa ham, muhim oʻyinlarda klubida oʻzini koʻrsatayotgan futbolchini terma jamoaga taklif qilishdan choʻchimayman. Optimal holatdagi barcha oʻyinchilar uchun terma jamoaning eshiklari doimo ochiq

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomoniga men tomonimdan qoʻyilgan barcha talablar ijobiy qondirib kelinmoqda. Imkoniyatlarimdan kelib chiqqan holda harakat qilaman va ayrim kamchiliklar yuzaga keladigan boʻlsa, buni bahona qilib ish uslubimni oʻzgartirmayman. Lekin shu kungacha hech qanday kamchilik kuzatilgani yoʻq.

Futbolchilarga aytadigan eng birinchi gapim, Vataningizni va terma jamoangizni doimo seving!

Biz asta-sekin barcha oʻyinchilarni, Indoneziyadagi Osiyo oʻyinlarida qatnashgan futbolchilarni ham oʻrganamiz va imkoniyatlarini chamalab kerak boʻlsa terma jamoaga taklif etamiz. Osiyo oʻyinlarida qatnashgan futbolchilarning ayrimlari terma jamoani kuchaytira olish salohiyatiga ega. Dunyo amaliyotida mashgʻulotlar jarayoni jurnalistlar uchun 15 daqiqa ochiq boʻladi va vaqt tugagach, jurnalistlardan mashgʻulot jarayonini tark etishlarini soʻraymiz” - deya Kuperning soʻzlarini keltirmoqda OʻFA sayti.

Shuningdek, anjumanda milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov ham fikrlarini bildirib oʻtdi:

“Suriyaga qarshi oʻyinda oldimizga qoʻyilgan maqsadga erishish uchun bor imkoniyalarimizni ishga solamiz”.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston – Suriya uchrashuvi ertaga, 6 sentyabr kuni soat 20:00 da “Milliy” stadionda boshlanadi.”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper: “Terma jamoa oʻyinida 1 oydan soʻng oʻzgarish boʻladi”