19:08 / 05.09.2018
3 513

Bernd Shtange: “Oʻzbekiston bilan oʻyinga asosan legionerlarni taklif etdik”

Бернд Штанге: "Ўзбекистон билан ўйинга асосан легионерларни таклиф этдик"
Oʻzbekiston – Suriya oʻrtoqlik uchrashuvi oldidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Matbuot anjumanining ikkinchi qismiga Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange futbolchi Umar al Soma bilan anjumanga tashrif buyurdi.

Bernd Shtange: "Oʻzbekiston bilan oʻyin Suriyaning navbatdagi rasmiy oʻyinlariga yaʼni FIFA va OFK tomonidan tashkil etiladigan musobaqalar uchun tayyorgarlik vazifasini oʻtaydi va bu oʻyin biz uchun juda ham muhim.

Biz Oʻzbekiston bilan oʻyinga asosan legionerlarni taklif etdik. Biz kecha toʻliq tarkibda yigʻilishga ulgurdik va dastlabki mashgʻulotni Paxtakor stadionida oʻtkazdik.

Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish uchun keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirilayotganini oʻz koʻzim bilan koʻrdim va bu hali jahon miqyosida oʻz mevasini berishi aniq.

Oldingi davrdanoq oʻzbek futboli rivojiga tamal toshi toʻgʻri qoʻyilgan va rivojlanish strategiyasi ham toʻgʻri yoʻlda deb hisoblayman. Bunga Paxtakor jamoasining tarixi ham yaqqol misol boʻla oladi".

Umar al Soma:“ Maʼlum vaqt terma jamoa oʻyinida qatnashmadim va yana taklif olganimdan soʻng ular bilan birgaman. Suriya terma jamoasini oldinda kutib turgan barcha musobaqalarda ijobiy natijalar qayd etishni istaymiz”.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bernd Shtange: “Oʻzbekiston bilan oʻyinga asosan legionerlarni taklif etdik”