12:01 / 07.09.2018
5 047

Oʻzbekiston koʻpkari terma jamoasi Qozogʻistonni turnirdan chiqarib yubordi

Oʻzbekiston koʻpkari terma jamoasi Qozogʻistonni turnirdan chiqarib yubordi
Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida uloq koʻpkari bahslarida Oʻzbekiston koʻpkari boʻyicha milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.

Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi 6 sentyabr kuni turnirning asosiy favoriti Qozogʻiston koʻpkari terma jamoasi bilan bahs oʻtkazib, 5:4 hisobida gʻalabaga erishdi.

Endi oʻzbekistonlik uloqchilar finalda Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Mezbonlar yarim finalda Rossiya termasi ustidan yirik hisobda gʻalabaga erishgan.

Qayd etish kerakki, Qozogʻiston amaldagi jahon chempioni hisoblanardi, Oʻzbekiston jamoasi esa shu vaqtgacha hech bir xalqaro turnirda final bosqichiga yoʻl olmagandi. Qozogʻiston endi rossiyaliklar bilan uchinchi oʻrin uchun bahs olib boradi.

Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi 3 sentyabr kuni Boshqirdiston Respublikasi vakillarini 20:2 hisobida, 5 sentyabr Fransiya jamoasini 19:6 hisobida magʻlub etgan va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston koʻpkari terma jamoasi Qozogʻistonni turnirdan chiqarib yubordi