7 092
Kurash. Sherali Joʻrayev “Prezident sovrini” uchun oʻtkazilgan I xalqaro turnir gʻolibi (foto)
Poytaxtda kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun xalqaro musobaqa oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, bahslar mutlaq vazn toifasida tashkil qilindi. Jahonning 40ga yaqin mamlakatidan polvonlar ishtirok etgan musobaqa finaliga ikki nafar oʻzbekistonlik kurashchi yetib bordi. Bekmurod Oltiboyev va Sherali Joʻrayev oʻrtasidagi final bellashuvida esa Sheralining qoʻli baland keldi va yakunda u musobaqa gʻolibiga aylandi.
Sherali oltin medal bilan birga musobaqa gʻolibi uchun atalgan 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqdi. Ikkinchi oʻrin sohibi Bekmurod Oltiboyevga 25 000 AQSH dollari nasib qildi. Bronza medalini qoʻlga kiritgan sportchilar Aslan Kambiyev (Rossiya) va Temur Rahimov (Tojikiston) esa 10 000 AQSH dollari bilan ketadigan boʻlishdi. Shuningdek, 5-8 oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilarga 1250 AQSH dollari miqdorida mukofot topshirildi.
Eslatib oʻtamiz, Sherali Joʻrayev va Bekmurod Oltiboyev Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida dzyudo boʻyicha ishtirok etib, bronza medallarga sazovor boʻlishgandi.
Joʻrayev -100 kg vazn toifasidagi bahslarda, Oltiboyev esa +100 kg vazn toifasidagi bahslarda uchinchi boʻlishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi