13:36 / 07.09.2018
3 595

Nazorat oʻyini: “Paxtakor” - “Soʻgʻdiyona” 3:1

Назорат ўйини: "Пахтакор" - "Сўғдиёна" 3:1
“Jar” stadionida oʻtgan uchrashuvda “Paxtakor” bahs oxirlarida kiritilgan toʻplar evaziga gʻalaba qozondi. Dastlab Masharipov toʻpni darvozabon ustidan oshirib tashlab hisobni ochgan boʻlsa, bunga jizzaxliklar Norxonovning aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi.

Ikkinchi boʻlimda zaxiradan tushirilgan Yaxshiboyev 87-daqiqada raqib himoyachisini aldab oʻtgan holda darvozani ishgʻol qildi. 89-daqiqada esa Alijonov oʻyinga yakuniy nuqtani qoʻydi.

“Paxtakor” Superliga 23-tur uchrashuvini Namanganda “Navbahor”ga qarshi oʻtkazadi. Ertadan boshlab mazkur oʻyinga tayyorgarlik davom ettiriladi.

“PAXTAKOR” - “SOʻGʻDIYONA” - 3:1 (1:1)

“Paxtakor”:
Lobanov (Isoqov, 90), Salimov (Iminov, 90), Aʼzamov (Asqarov, 72), Tojiyev, Alijonov, Ahmadov (Iskanderov, 72), Rahmatullayev (Ahmedov, 69), Masharipov (Yaxshiboyev, 69), Cheran (Abdurahimov, 69), Bezerra (Sobirjonov, 81), Gonsalvesh (Ibrohimov, 72).

Gollar: Masharipov, 3 - 1:0. Norxonov, 6 - 1:1. Yaxshiboyev, 87 - 2:1. Alijonov, 89 - 3:1.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nazorat oʻyini: “Paxtakor” - “Soʻgʻdiyona” 3:1