06:00 / 08.09.2018
3 264

Qozogʻistonlik 7 sportchi doping sababli sportdan chetlashtirildi

Qozogʻistonlik 7 sportchi doping sababli sportdan chetlashtirildi
Qozogʻiston milliy antidoping markazining maʼlum qilishicha, dopingga qarshi kurash qoidalarini buzgani uchun 2014 yilda 24 oyga sportdan chetlatilgan velopoygachi Viktor Okishev endi 8 yilga sportdan chetlatildi. Uning organizmidan taqiqlangan eritropoetin moddasi topilgan.

Shuningdek, ogʻir atletikachi Robert Karnauxov va yengil atletikachi Veronika Broslavskayaning tahlili natijalari ularning taqiqlangan preparatlar isteʼmol qilganligini koʻrsatdi hamda sportchilar 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Bundan tashqari, suzuvchi Riat Jumagulov, yengil atletikachilar Yevgeniya Fondyushina, Aleksandr Lyax, Igor Kondratyev ikki yilga sportdan chetlatilgan.

Avvalroq Seuldagi 1998 yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Kristian Shenk taqiqlangan preparatlar isteʼmol qilganini tan olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozogʻistonlik 7 sportchi doping sababli sportdan chetlashtirildi