22:00 / 08.09.2018
3 544

Oʻzbekiston U21 terma jamoasi xalqaro musobaqa gʻolibi boʻldi

Oʻzbekiston U21 terma jamoasi xalqaro musobaqa gʻolibi boʻldi
Oʻzbekiston U21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada soʻnggi oʻyinni oʻtkazdi.

Avvalroq, Jamshid Saidov boshchiligidagi futbolchilar Tojikiston U21 va Myanma U21 terma jamoalarini magʻlub etishgan edi. Bugungi oʻyinda ular Xitoy U21 terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang natijani qayd etishdi. Hamyurtlarimizning yagona goliga Sherzod Nasrullayev mualliflik qildi.

Natijada, 7 ochko toʻplagan yurtdoshlarimiz musobaqa gʻolibi boʻlishdi. 2-oʻrin Xitoyga nasib qilgan boʻlsa, 3 va 4-oʻrinlarni Tojikiston va Myanma yoshlar terma jamoalari oʻzaro boʻlib olishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston U21 terma jamoasi xalqaro musobaqa gʻolibi boʻldi