Eron terma jamoasining Oʻzbekiston bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazish uchun Toshkentga keladigan futbolchilari roʻyxatida Sardor Azmun yoʻq.
Buning sababi nima ekanligini bilish maqsadida «Stadion.uz» eronlik jurnalist bilan bogʻlangan.
«Eronlik muxlislar JCH vaqtida Azmun manziliga juda qattiq haqoratli soʻzlar aytishgan, hatto uning onasini ham haqorat qilganlar. Shu sababga koʻra, Sardor Azmun Eron terma jamoasida oʻynashdan bosh tortyapti. Murabbiy Karlush Keyrush Azmunni terma jamoaga chaqirgan edi, ammo u Oʻzbekistonga qarshi oʻyin oldidan oʻtkazilgan mashgʻulotlarga kelmadi.
Keyrush uni terma lagerida yoʻqligi sabab kengaytirilgan tarkibga kiritmaslikka majbur boʻldi. Sardor Eron ishongan eng yaxshi hujumchilardan biri, ammo uning bu qarori qanchalik toʻgʻri, bu haqida hech nima deya olmayman. Azmunning terma lageriga kelmagani uni jamoada boshqa oʻynamasligidan darak beradi. Endi Eron bunday ayriliqdan soʻng uning oʻrnini bildirmaydigan hujumchi topishi kerak boʻladi», — deydi eronlik jurnalist Murtazo.
Maʼlumot oʻrnida, Sardor Azmun shu yilning 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida boʻlib oʻtgan JCH-2018 saralashidan oʻrin olgan Oʻzbekistonga qarshi oʻyinning 23-daqiqasida Aleksandr Lobanov qoʻriqlayotgan darvozani ishgʻol qilgan edi. Oʻsha oʻyinda mezbonlar Oʻzbekiston ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishgan.
23 yoshli futbolchi ayni vaqtda Rossiyaning “Rubin” klubi sharafini himoya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi