12:26 / 09.09.2018
5 198

20 yoshli qiz tajribali Serena Uilyamsni sharmanda qildi

20 yoshli qiz tajribali Serena Uilyamsni sharmanda qildi
Katta dubulgʻa turkumiga kiruvchi US Open turnirining final oʻyini boʻlib oʻtdi.

Bosh sovrin uchun aqshlik Serena Uilyams va yaponiyalik Naomi Osakalar oʻzaro bahs olib borishdi. 1 soat 19 daqiqa kechgan bellashuv 20 yoshli tennischining 6:2, 6:4 hisobidagi gʻalabasi bilan nihoyasiga yetdi. Shu tariqa, oʻyin davomida 6 ta eysni amalga oshirgan Osaka US Open da bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

“Katta dubulgʻa”larda 23 bor gʻolib chiqqan Uilyams kechagi magʻlubiyatda hakamlarni aybladi. Ikkinchi setda amerikalik raketka ustasi minoradagi hakamni soʻkkani uchun jarima geymiga “ega boʻlgan edi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 20 yoshli qiz tajribali Serena Uilyamsni sharmanda qildi