Boks boʻyicha Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram Gʻiyosov prof ringdagi beshinchi jangini 22 sentyabr kuni Londondagi “Uembli” stadionida oʻtkazadi. Bokschining oʻz sahifasida maʼlum qilishicha, navbatdagi raqib Julio Laguna boʻladi.
Nikaragualik bu bokschi professional ringdagi faoliyatini 2015 yilda boshlagan va shu vaqtgacha 14 jang oʻtkazib, barchasida gʻalabaga erishgan, shundan 10ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Shahram Gʻiyosovning oʻzi ham bu safargi raqibi eng kuchlisi ekanini qayd etib oʻtgan.
Joriy yilning martida professional boksdagi debyutini amalga oshirgan Shahram Gʻiyosov esa shu vaqtga qadar 4 marta ringga koʻtarilib, barcha janglarda gʻalabaga erishgan.
Shahram Gʻiyosov shu yilning 11 mart kuni Nyu-Yorkda oʻtkazilgan jangda argentinalik raqibi Nikolas Velaskesni (10-0-2) birinchi raundning 7-soniyasidayoq polga qulatdi. U aprel oyida Bruklinda vengriyalik Gabor Gorbisni (24-0-10) 6 raundlik jang yakuniga koʻra yengdi, 15 iyul kuni meksikalik Daniel Echeverriyani (19-0-5) nokautga uchratdi, 17 avgust sanasida esa ganalik Albert Mensani (31-1-7) nokautga uchratgan holda gʻalabaga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi