19:12 / 10.09.2018
3 444

Zidan tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini maʼlum qildi

Zidan tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini maʼlum qildi
“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yaqin orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini maʼlum qildi.

“Albatta, tez orada murabbiylik ishimga qaytaman. Bu ish oʻzimga yoqadi. [Shu sohada] butun umr faoliyat olib bordim”, - degan Zidan TVEʻga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, fransiyalik mutaxassis soʻnggi ish joyi boʻlgan “qirollik klubi”ni 2016-2018 yillar davomida boshqarib keldi. Madrid klubi bilan Zidan Ispaniya chempioni boʻlib, ketma-ket uch marta UYEFA Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi.

Soʻnggi vaqtlarda 46 yoshli Zinedin “MYU” bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda. Shuningdek, matbuotda uning 2019 yildan boshlab “Yuventus”ga ustozlik qilishi haqida ham maʼlumotlar bor.

Biroz oldinroq The Mirror nashri Zidan Manchester klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotgani va yangi klubiga taklif qiladigan futbolchilari roʻyxatini tuzayotgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini maʼlum qildi