13:53 / 11.09.2018
3 111

Oʻzbekiston milliy termasining gʻalabasiz seriyasi 9 oʻyinga yetgan

Oʻzbekiston milliy termasining gʻalabasiz seriyasi 9 oʻyinga yetgan
Mashhur futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev telegramdagi blogida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi qayd etayotgan statistikaga toʻxtalib oʻtdi.

"Suriyaga qarshi kechgan oʻyindagi durang (1:1) Oʻzbekiston milliy terma jamoasining gʻalabasiz seriyasini 9 ta oʻyinga yetkazib qoʻydi. Oʻzbekiston MTJ oxirgi marta 2017 yilning 6 iyunida Tailandga qarshi Toshkentda kechgan oʻyinda gʻalaba qozongan edi.

Shundan soʻng Eron (0:2), Xitoy (0:1), Koreya (0:0), BAA (0:1), Senegal (1:1), Marokash (0:2), Urugvay (0:3) va Suriyaga (1:1) qarshi oʻyin oʻtkazildi. Endi esa Eronga qarshi kechadigan oʻyinda mana shu gʻalabasiz seriyaga barham berish imkoni bor. Qiziq tomoni, aynan eronliklarga qarshi kechgan oʻyinda mana shu noxush seriya boshlangan edi.

Umuman olganda esa, Oʻzbekiston MTJ uchun 9 oʻyindan iborat gʻalabasiz seriya antirekord hisoblanadi. Bunga qadar 2008 yilda 7 taga qadar oʻyinda ketma-ket gʻalaba qozonilmagan edi.

Manba: uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston milliy termasining gʻalabasiz seriyasi 9 oʻyinga yetgan